✔ bandligi ta’minlanganda (ishga joylashtirilganda, tadbirkor va usta hunarmandlarga biriktirilganda, dehqonchilik uchun yer maydonlari ajratilganda va h.k.);
✔ doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda (mikrokreditlar, subsidiyalar ajratilganda va h.k.);
✔ to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlar belgilangan tartibda to‘lab berilganda;
✔ tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning ijara xarajatlari qoplanganda yoki mazkur faoliyat uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratilganda;
✔ turar joy ijara kompensasiyasi belgilangan tartibda to‘lab berilganda;
✔ malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilganda;
✔ to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;
✔ aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;
✔ o‘z arizasiga ko‘ra;
✔ “Yoshlar daftari”ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;
✔ boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
✔ sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
✔ arizachiga ko‘mak berish bo‘yicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda;
- ✔ arizachi vafot etgan taqdirda.